Rayyan Messining keyingi jamoasi ma'lum. Tomonlar uch yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishgan

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024, 12:07
Fransiyaning "Strasburg" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 17 yoshli yarim himoyachi Rayyan Messi bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Transfer summasi 1.5 mln evro.

O'tgan mavsum yosh iqtidor sohibi uchun professional futboldagi birinchisi bo'ldi. U Fransiyaning Uchinchi divizioni vakili "Dijon" tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. E'tiborlisi, o'sha gol tufayli Rayyan klub tarixida eng yosh gol muallifi sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.

Shu yilning may oyida Messi Fransiya termasi safida Kiprda bo'lib o'tgan Yevropa Chempionati U-17da qatnashdi.

Avvalroq, futbolchiga Yevropaning "Bavariya", "Borussiya" (Dortmund) va "RB Leyptsig" singari klublari tomonidan qiziqish borligi ma'lum qilingandi.

O'tgan mavsum Liga 1da "Strasburg" 39 ochko bilan 13-o'rinni egallagan.


"Al Nassr" Ronalduning yoniga Messini olib kelsa ham, "Al Hilol"ni enga olmaydi"

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rcstrasbourgalsace.fr