Messi Jahon chempionatida g'olib chiqishni orzu qiladi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013
Jahon chempionati-2014 saralashida Paragvayga qarshi o'yinda (5:2) dubl muallifiga aylangan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, uning jamoasi endigina yarim ishni bajarganini ta'kidlab o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, hali barcha qiyin sinovlar oldinda ekan.

- Biz umumiy ishni bajardik, biroq hali endi yarim yo'lni bosib o'tdik xolos. Ha albatta, Argentina terma jamoasi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi, biroq hali barchasi oldinda. Endi asosiysi hozirga erishilgan natijada to'xtab qolmaslik kerak. Men bir necha marotaba jahon chempioni bo'lish orzuyim ekanligini aytganman va bu borada hech narsa o'zgargani yo'q, - Messining so'zlarini keltiradi Goal.com.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net