Messi "Zenit" futbolchisidan uzr so'radi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2017
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Zenit"da o'ynayotgan hamyurti Sebastyan Driussidan uzr so'radi.

21 yoshli futbolchi kuni kecha Argentina terma jamoasining Moskvadagi qarorgohiga keldi. Driussi Messi bilan rasmga tushishni so'radi. Lionel esa futbolchini navbatdagi muxlislardan biri deb o'yladi va rasmga tushdi.

– Sebastyanni tanimaganimdan xijolatdaman. Uni yaxshi bilaman. Ammo uni muxlislardan biri deb o'yladim. Rasmni Instagramda ko'rgach, undan uzr so'radim. Driussi bilan tanishmiz, oldin xabarlashib turardik, – deydi Messi ESPN nashriga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk