

Bu argentinalik charm to'p ustasi tomonidan urilgan 700-golga ("Barsa"da - 630, Argentina TJ - 70) aylandi. Messi mazkur golni penaltidan panenka uslubida urganini ham takidlash kerak. Ma'lumot uchun, Messi bugun La Ligadagi 57-penaltisini golga aylantirdi.

Bu borada undan oldinda faqat bir kishi bor. "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati baslarida 61 marta penaltidan gol urgan.
Takidlash kerakki, ayni paytda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasidan faqat Messi va Ronaldu gollar soni bo'yicha 700lik dovonni zabt etishga ulgurishdi.



