Messi yoki Ronaldu? Yoaxim Lyov kim kuchliroq ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
26 may 2018, 10:39
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Messi yoki Ronaldu? Men Messini tanlayman. Ronaldu - kuchli futbolchi, professional va ko'p yillar davomida tinimsiz gol urayotgan mashina, biroq Messi - men ko'rgan eng etuk futbolchi. Lionel - jamoaviy o'yinchi. So'nggi 10 mavsum davomida u 30-40tadan golli pas beradi va 50talab gol uradi. U 8-9 raqibni aldab o'tishi mumkin, gollari esa doimo xotiramizda qoladi" - deydi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es