Messi yana terma jamoaga chaqirildi, Fayzullaev endi o'ynay oladi, Ronaldu finalga chiqdi - 19 avgust kungi eng muhim xabarlar bitta sahifada

Narzulla Saydullayev
20 avg 2025, 14:46
Kecha saytimizda chiqqan eng muhim xabarlar bilan tanishing.

1. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni sentyabr oyidagi JCH saralashi o'yinlariga Lionel Messini ham chaqirdi. To'liq ro'yxat

2.Abdulaziz Iskandarov maqolasi: Natija ortidagi og'riqlar. O'FA 2009 yillar borasida qaror qabul qiladigan vaqt kelmadimi?

3. Superligada 19-turning batafsil sharhi. Abror Imomxo'jaev muallifligidagi "Futbol olami" ko'rsatuvining navbatdagi sonini kutib oling.

4. Superligada 19-tur ramziy terma jamoasidan "Dinamo" va "Nasaf"dan ikki nafardan futbolchi o'rin oldi. BATAFSIL

5. Nihoyat "Istanbul Bashakshehir" Abbos Fayzullaev transferi uchun pul to'ladi. U endi Turkiya klubida maydonga tusha oladi.

6. Ronaldu boshchiligidagi "Al Nassr" Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida 10 kishi bo'lib Benzema o'ynayotgan "Al Ittihod"ni mag'lub etdi. Qaysi futbol yulduzi qizil kartochka oldi?

7. Pro ligada turning markaziy o'yinida "Aral" o'z uyida "Olimpik-MobiUz" ustidan irodali g'alabaga erishdi.

8. Abdulvosit Bektemirov maqolasi: PFL Berger tizimini bekor qilsa, yangi taqvimda tarixiy omillar hisobga olinadimi?

9. Odil Hamrobekovning Eron chempionatidagi debyutida "Traktor" "Istiqlol"ga mag'lub bo'ldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia