Messi va Suares ikkalasi "Barselona" safida 800 ta gol urishdi

28 noya 2019, 21:55
"Barselona" yetakchilari Lionel Messi va Luis Suares kecha tunda o'tkazilgan YCHLning "Borussiya D"ga qarshi o'yinda (3:1) urgan gollarini nishonlashdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida to'p kiritgan Suares o'zining kataloniyaliklar safidagi 187-golini rasmiylashtirdi (2014 yilda kelgan va 262 ta o'yin o'tkazdi). Messi kecha oqshom "Barsa" libosida 700-o'yinida maydonga tushdi va 613-golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

Shu tariqa, Messi va Suares ikkalasi "Barselona" safida 800 ta gol urishga erishishdi. Bu Kataloniya klubining rekordi hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com