Messi uchun kurashga “Yuventus” ham qo'shildi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2020
Avvalroq, “Barselona” yetakchisini sotib olish uchun “Inter”, PSJ va “Man Siti” harakat qilayotgani aytilgandi.

Turinliklar esa jamoa hujum chizig'ida Messi – Krishtianu Ronaldu tandemini ko'rishni xohlamoqda. 33 yoshli argentinalikning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan bo'lib, uning transfer narxi 112 mln evroga baholanmoqda.

Leo 2019/20 yilgi mavsum klub libosida 44 o'yinda maydonga tushib, 31+26 natijani ko'rsatgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport