

"Menimcha, bu mumkin, garchi ko'p narsa uning xohishiga bog'liq bo'lsa ham. Hamma narsa bu vaqt ichida nima sodir bo'lishiga, u o'zini yaxshi his qilishiga bog'liq bo'ladi. Uning uchun eshiklar doim ochiq. U maydonda baxtli va uning o'ynashi biz uchun yaxshi", – dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022dagi g'alabadan so'ng Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini aytgan edi. Leo 2026 yilda 39 yoshga to'ladi.



