

Kecha Xerard Pike, Arda Turan, Neymar va argentinalik futbolchi Yaponiyada Rakuten bilan hamkorlikda "Barselona"ning yangi formasini taqdim etgan edi.

Lionel Messi bugun Kataloniya klubiga qaytdi. Argentina terma jamoasi sardori ko'k-anorranglilar safida tibbiy ko'rikdan o'tdi va tez orada jamoaga qo'shiladi.

"Barselona" bir necha kundan so'ng AQSHdagi yig'inga uchib ketadi.



