

Uchrashuvda Lionel Messi xet-trikka erishdi. U 20, 33 va 77-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etdi. 35 yoshli futbolchi terma jamoadagi gollari sonini 102 taga etkazib oldi. U terma miqyosida 100+ to'p kiritgan tarixidagi uchinchi futbolchiga aylandi.
Avvalroq, bunday natijaga Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 122 ta) va Ali Dayi (Eron, 109 ta) erishgandi.


