Messi tatilni yakunlab, Parijga uchib ketdi

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023
U 11 yanvar kuni "Anje" bilan o'ynaydi.

Lionel Messi "Pari Sen-Jermen" ixtiyoriga qaytmoqda.

Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g'olib chiqqan futbolchi o'z tug'ilib o'sgan maskani Rosario shahridagi tatilini yakunladi va oilasi bilan shaxsiy samolyotda Parijga uchib ketdi.

Taxminlarga ko'ra, hujumchi 11 yanvar kungi "Anje" bilan bahsda qatnashadi.

Messi Liga 1'ning 13 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Infobae