Messi Rossiyaga qarshi o'ynaydi, biroq Krasnodarda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2017, 13:24
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi noyabr oyida bo'lib o'tadigan terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvining bir uchrashuvida ishtirok etmaydi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli 14 noyabr kuni Krasnodarda Nigeriyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda Messini tushirmaslikka qaror qildi. Biroq u 11 noyabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Rossiya - Argentina bahsi "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vanguardngr.com