Messi Ronaldu kabi mehmonxona sotib oldi (foto)

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2017, 11:29
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Barselona shahridagi sohilga yaqin joydan mehmonxona sotib oldi.

Argentina terma jamoasi futbolchisi 30 mln. evro (26 mln. funt) evaziga 77 ta xonaga ega bo'lgan 4 ta yulduzli lyuks mehmonxona xarid qildi.

Mehmonxona xonalari daryoga qaragan.


Lionel Messi sotib olgan to'rt yulduzlik MIM mehmonxonasi



"Barselona" yulduzi 30 mln. evro (26 mln. funt) evaziga mehmonxona sotib oldi



Mehmonxona tomida hovuz (basseyn) joylashgan



Barselonadan 40 km uzoqlikda joylashgan mehmonxonada bir kun tunab qolish 250 evroga tushadi

Yaqinda nomi MIMga aylangan mehmonxona 2013 yilda qurib bitkazilgan, unda bir kecha tunab qolish narxi 250-300 evro.

Oldinroq Barselonada Rosotel deb nomlangan investiciya kompaniyasi yaratilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Messi ushbu kompaniya prezidenti, akasi Rodrigo esa - yagona administrator.

"Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu bir necha oy oldin "Pestana CR7 Lisboa" mehmonxonasi akciyadoriga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia