Messi PSJ yoki "Barsa"dan birini tanlashi lozim. Unga uchinchi da'vogar ham qo'shildi

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2022, 09:56
Messining PSJdagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda.

Argentinalik futbolchi PSJ bilan yana bir yirik shartnomaga imzo chekish yoki "Barselona"ga qaytish haqida o'ylamoqda. 

Biroq, hozirda Messi oldida uchinchi variant ham paydo bo'lgan. Gap "Manchester Siti" haqida ketmoqda. "Siti"dagilar keyingi mavsumda Xoland, de Bryuyne va Messi Gvardiola boshchiligida birgalikda o'ynashlarini istamoqda. 

Messi hozirda bor e'tiborini jahon chempionatiga qaratgan. Musobaqa yakunlari uning qarorida muhim rol o'ynashi mumkin. U g'alaba qozona olsa, "Barselona"ga qaytadi. Agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, yangi motivaciya izlab Manchesterga yo'l olishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: El Nacional