Messi PSJ mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi

Aziz Tukhtamuradov
17 mar 2023
Lionel Messi PSJ mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.

Ma'lum bo'lishicha, kecha u jamoasi bilan birga shug'ullanmagan. Nima uchun bunday bo'lganligi hozircha aniq emas. 

PSJ 19 mart kuni Liga 1 doirasidagi o'yinda "Renn"ga qarshi o'ynaydi. 

Messi ushbu mavsumda Fransiya chempionatining 22 ta o'yinida ishtirok etib, 13 ta gol urishga erishdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Équipe