Messi "Pichichi" va "Alfredo Di Stefano" sovrinlarini qabul qilib oldi

Alisher
17 dek 2019, 10:20
Marca'ning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Messi La Liganing oldingi mavsumdagi to'purari sifatida "Pichichi" mukofotini qo'lga kiritdi. Mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Alfredo Di Stefano" Kubogi ham aynan "Barselona" hujumchisiga berildi.

"Bugun men "Klasiko" sabab marosimga bora olmadim, lekin men yig'ilganlarga rahmat aytib qolaman. Bu mukofotni yana bir bor olish men uchun sharafdir", - deydi Messi.

Argentinalik futbolchi "Pichichi" mukofotini 6-bor qo'lga kiritgan holda La Liga rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/marca