Messi: "Oddiy odamlardek vaqtimni oilam bilan o'tkazmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 10:02
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi haddan tashqari ko'p e'tibor tufayli qanday hayot kechirayotgani haqida aytib berdi.

"Odamlarning menga bo'lgan munosabatidan minnatdorman, ammo bazida e'tibordan chetda bo'lishni istayman. Ayniqsa oilam bilan bo'lganimda. Oddiy odamdek ular bilan vaqt o'tkazishni xohlayman.

Buyumlar xarid qilishni yaxshi ko'raman, ammo shopingni emas, chunki ko'plab xaridlarimni internet orqali amalga oshiraman. Katta e'tibor tufayli xotinim va bolalarim bilan do'konga chiqa olmayman. Qaergadir borsam, buni tez amalga oshiraman" - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Pasion por el futbol