Messi Mbappening gaplariga javob qaytardi

Khoja
13 iyun 2024, 10:34
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa chempionati Jahon chempionatidan qiyin musobaqa deb fikr bildirdi.

Bu gaplarga Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi javob berdi.

Kilian Janubiy Amerika jamoalari yevropaliklar bilan bir xil raqobatga ega emasligini aytdi. Hamma o'zi o'ynagan turnirni qadrlaydi.

Yevropa chempionati juda muhim, lekin u yerda uch karra jahon chempioni Argentina, besh karra jahon chempioni Braziliya, ikki karra jahon chempioni Urugvay ishtirok etmaydi. JCHni deyarli yarmida g'alaba qozongan jamoalar ishtirok etmaydigan musobaqani eng zo'r deyish to'g'rimi?

Jahon chempionati eng yaxshi jamoalarni birlashtiradi, barcha jahon chempionlari odatda u yerda bo'lishadi. Shu bois hamma bu turnirda g'alaba qozonishni istaydi, - deb fikr bildirdi Messi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com