Messi "Lion"ga qarshi uchrashuvda qatnashmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2022, 21:24
PSJ hujumchisi Lionel Messining Fransiya chempionati 20-turi doirasidagi "Lion" bilan bahsda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 34 yoshli futbolchi parijliklarning oxirgi mashg'ulotida ishtirok etmagan. Ungacha argentinalik yulduz individual dastur asosida shug'ullanayotgandi. 

Messi Argentinada koronavirusni boshdan kechirdi va shundan keyin PSJ umumiy guruhida umuman mashg'ulot olib bormadi.

Forvard ushbu mavsumda 16 o'yinda 6 ta gol urib, 5 ta assist qayd etdi.

"Lion" – PSJ o'yini 9 yanvar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport