Messi “Levante” bilan bo'ladigan o'yin qaydnomasiga kiritildimi?

13 may 2018, 09:47
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde “Levante”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun jamoa qaydnomasini e'lon qildi.

Bugun kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining 37-turida “Levante”ga qarshi maydonga tushishadi. Valverde tanlagan tarkibda jamoa yulduzi Lionel Messi yo'q.

Shuningdek, himoyachi Samyuel Umtiti (jarohat) va Serji Roberto (diskvalifikaciya) ham bugungi uchrashuvda “Barselona”ga yordam bera olmaydi. Ernesto Aleish Vidalga ham dam olish imkoniyatini taqdim etdi. 

Ma'lumot uchun, “Levante” -“Barselona” uchrashuvi bugun, 13 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar