Messi kutilganidan erta PSJga qaytdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2023
PSJ futbolchisi Leo Messi klub qarorgohiga qaytdi.

Futbolchi seshanba kuni tatilni yakunlab, klub ixtiyoriga yetib bordi. Hozircha klub bir qancha futbolchilariga dam bergani bois to'liq tarkib yig'ilmagan.

Ertaga Messi jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi va 11 yanvar kuni "Anjer"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe