Messi keyingi yillarda kimlar Oltin to'p uchun kurashishini aytdi

Nozimov Nig'monxo'ja
1 noya 2023, 08:12
Lionel Messi Oltin to'pni 8-marta qo'lga kiritgach, kelajakda kimlar qo'lga kiritishi mumkinligi haqida gapirdi.

So'nggi yillarda Oltin to'pga da'vogar o'yinchilar paydo bo'lganini ko'rdik. Yaqin yillarda sovrin uchun Holand, Mbappe va Vinisius singari o'yinchilar o'rtasida shiddatli kurash kechsa ajab emas.

Oltin to'p uchun kurashadigan yosh o'yinchilar ham bor. Lamin Yamal hali juda yosh, ammo Barselona safida yaxshi o'yinlar ko'rsatmoqda. U ham yaqin kelajakda da'vogarga aylanishi mumkin.

Aminmanki, hali sovrin uchun kurashadigan yangi nomlar paydo bo'ladi. Bu yangi davr bo'ladi va bu boshlanmoqda, - deydi argentinalik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com