Messi katta ehtimol bilan "Barsa"da yana 1 yil qoladi. Qaror bugun qabul qilinadi (TyC Sports)

Alisher
3 sen 2020, 10:40
"Barselona" forvardi Lionel Messi kelasi mavsum ham klubda qoladigan ko'rinadi.

Xabarlarga ko'ra, 33 yoshli argentinalik futbolchining kelajagi borasidagi qaror bugun qabul qilinadi.

Messi kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasining so'nggiga qadar klubda qoladi - 2021 yilning iyuniga qadar.

Eslatib o'tamiz, futbolchining o'zi klubdan ketmoqchi, unga asosiy da'vogar "Man Siti" hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/martinarevalo1