Messi JCHlar rekordchisiga aylandi!

Aslanov Jasurbek
18 dek 2022, 20:10
Lionel Messi Qatardagi JCH final o'yini uchun Argentina terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Bu Messining jahon chempionatlardagi 26-o'yini. Shunday qilib, Leo JCH tarixida eng ko'p o'yinda maydonga tushgan futbolchiga aylandi.

Bungacha rekord Lotar Matteusga tegishli edi. Sobiq futbolchi mundiallarda 25ta bahsda ishtirok etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia