Messi jarohat oldi, endi u tibbiy tekshiruvdan o'tadi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2024, 13:52
Bugun tongda Argentina terma jamoasi Kopa Amerikaning 2-turi doirasida Chiliga qarshi bahs olib bordi.

88-daqiqada Lautaro Martinez tomonidan kiritilgan yagona gol amaldagi Jahon chempionlariga g'alaba taqdim qildi.

Ana o'yin davomida argentinaliklar sardori Lionel Messi o'ng sonining harakatlantiruvchi mushaklarini shikastlab oldi. Leoga o'yin davomida tibbiy yordam ko'rsatildi, ammo u endi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

"Jarohat meni bezovta qildi, lekin o'yinni oxiriga etkazib qo'yishni uddaladim. Hammasi jiddiy emas deb umid qilaman. Ko'ramiz, shifokorlar nima deyishar ekan", - dedi Messi "TyC Sports" telekanaliga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: TyC Sports