Messi ikki natija bo'yicha kuchli o'nlik va kuchli beshlikka kirdi

Eldor Akmurzayev
28 sen 2022, 21:20
Avvalroq, Lionel Messi Argentina TJdagi gollari sonini 90 taga etkazib, terma jamoa miqyosidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'ringa ko'tarilgani haqida xabar bergandik.

Messi – terma jamoalar miqyosidagi eng yaxshi uchinchi to'purar!

35 yoshli forvardning jarima zarbasidan urilgan gollari 59 taga etdi va u mazkur natija bo'yicha top-10 o'yinchilar ro'yxatiga kirishga erishdi. U braziliyalik to'purar darvozabon Rojerio Seni hamda Marselino Karioka bilan tenglashdi.

1. Junino Pernambukano – 77 ta;

2. Pele – 70;

3-4. Viktor Legrotale – 66;

3-4. Ronaldinyo – 66;

5. Devid Bekxem – 65;

6-7. Diego Maradona – 62;

6-7. Ziko – 62;

8. Ronald Kuman – 60;

9-10. Rojerio Seni, Marselino Karioka, Lionel Messi – 59;

11. Krishtianu Ronaldu – 58.

Shuningdek, Leo terma jamoadagi yubiley 100-g'alabasini (167-o'yinida) qo'lga kiritib, bu borada kuchli beshlikka kirdi. U Xavi (133 bahsda 100 g'alaba) bilan tenglashdi.

1. Serxio Ramos – 131 g'alaba;

2. Iker Kasilyas – 121;

3. Ronaldu – 113;

4. Guardado – 102

5. Xavi va Messi – 100 tadan.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi terma jamoa va klub miqyosida 779 ta gol urgan. Bu borada undan oldinda faqatgina Krishtianu Ronaldu bor – 816 gol.

Messi mavsum startidan o'rin olgan 13 o'yinda 18 ochko ishladi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia