Messi ham Ronaldu kabi maoshini ikki barobar ko'paytirib berishlarini so'radi

12 sen 2013, 13:40
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi maoshini ikki barobar ko'paytirib berishlarini so'raydi, deb yozmoqda ispan matbuoti.
Argentinalik futbolchi jahonning eng ko'p pul ishlaydigan futbolchisiga aylanmoqchi va yillik maoshini 18 million evro qilib belgilab berishlarini so'ramoqchi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu "Real" bilan tuzgan yangi shartnomasiga ko'ra jahonning eng katta maosh oladigan futbolchisiga aylanib olgandi. U hozirda yiliga 17 million evro pul oladi.

Manba: football.kulichki.net