Messi “El-Klasiko” haqida: “Juda ham kuchli “Real”ni ko'rishni kutyapman”

12 dek 2019, 08:45
Kataloniyaliklar yetakchisi 18 dekabrda bo'lib o'tadigan o'yindan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men juda kuchli va barqaror “Real”ni ko'rishni kutyapman. Ular so'nggi vaqtlarda shunday ko'rinmoqda. Klasiko - bu alohida o'yinlar. Bunda klublar qaysi o'rinda bo'lishining ahamiyati yo'q. Ikkala jamoa ham ayni damda yaxshi formada”, - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Barsa” Ispaniya chempionati 15-turidan so'ng 34 ochkodan jamg'arib, musobaqa jadvalida qo'shhokim bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS