Messi dam olish uchun ajratilgan kunda mashg'ulot o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2018, 15:57
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi iloji boricha tezroq safga qaytmoqchi.

Futbolchi "Sevilya" bilan o'yinda (4:2) qo'lini shikastlab olgan edi.

"Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng, jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde futbolchilarga 1 kunlik tatil berdi. Argentinalik forvard dam olish kunida ham mashg'ulot o'tkazdi. Lionel Messi 11 noyabr kuni "Betis"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etishga umid qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo