Messi bugungi mashg'ulotni o'tkazib yubordi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 22:15
"Barselona" sardori Leo Messi jarohatidan forig' bo'lish jarayonini davom ettirmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, argentinalik yulduzning oyoqlari son mushaklarida jiddiy shikastlanish bor. Shu sababdan 33 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

Messi ushbu mavsumda 21 o'yinda 14 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca