Messi "Brest"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
13 yanv 2022, 11:47
PSJ hujumchisi Lionel Messi "Brest"ga qarshi Fransiya chempionati 21-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

34 yoshli argentinalik futbolchi koronavirusdan so'ng formasini tiklashda davom etmoqda, ammo u chorshanba kungi umumiy guruhdagi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Shu bilan birga umumiy guruhga yarim himoyachilar Anxel Di Mariya va Yulian Draksler, shuningdek darvozabon Janluiji Donnarumma qaytishdi.

PSJ - "Brest" o'yini 15 yanvarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien