Messi birinchi shartnomasini imzolagan salfetka rekord summaga sotildi

Administrator
17 may 2024
Avvalroq, salfetka aukcionga qo'yilgani haqida xabar berilgandi.

Lionel Messining "Barselona" bilan salfetkaga imzolagan birinchi shartnomasi aukcionda 762 400 funtga (965 ming dollar) sotildi. Britaniyaning Bonhams aukcionlar uyi Messining 13 yoshida imzolagan shartnomasi ushbu summaga sotilganini tasdiqladi. 

Aukcion Messining o'sha kelishuvda ishlagan agenti  Orasio Gadjioli nomidan o'tkazildi. 2000 yil 14 dekabr sanasi bilan imzolangan salfetkada Gadjioli, yana bir boshqa agent va "Barselona" sport direktori Karles Reshakning imzolari bor. 

Ma'lumot uchun, ushbu salfetkaning aukciondagi boshlang'ich qiymati 300 ming funt edi


AdministratorMuallif
Manba: apnews.com