Messi "Betis"ga qarshi uchrashvda ham maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2019
"Barselona" hujumchilari Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele La Liga 2-turi doirasida "Betis"ga qarshi bellashuv qaydnomasidan joy olishmaydi.

Bu haqda kataloniyaliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu hujumchilar jarohatdan tiklanish bilan band. Shuningdek, kataloniyaliklar posboni Neo ham ikki hafta oldin qo'lini sindirib olganligi sabab ayni paytda safdan chiqqan. 

"Barselona"ning "Betis"ga qarshi bellashuv qaydnomasidan 16 yoshli Ansu Fati joy oldi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, himoyachilar Todibo va Vage, shuningdek yarim himoyachi Alenya ushbu uchrashuvda maydonga tushishmaydi.

"Betis"ga qarshi to'liq tarkib quyidagi futbolchilardan iborat:

darvozabonlar - ter Shtegen, Penya

himoyachilar  -Semedu, Pike, Langle, Alba, Umtiti, Firpo

yarim himoyachilar  -Rakitich, Buskets, Artur, Rafinya, Roberto, de Yong, Vidal

hujumchilar - Grizmann, Fati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Барселона" расмий сайти