

"Biz tezroq yangi bosh murabbiy bilan tanishishn, u bilan maksimum ishlashni xohlaymiz. Valverde juda yaxshi murabbiy ekanligini isbotlagan. Biz uning ish uslubini bilmaymiz, lekin u "Valensiya" va "Atletik"da o'zini juda yaxshi ko'rsatgan.
"Barselona"ning har mavsumdagi maqsadi aniq. Biz barcha musobaqalarda g'olib chiqishni istaymiz. Umid qilaman, yaqinlashib kelayotgan mavsumda bu amalga oshadi", - dedi Messi.




