Messi "Barselona" tarkibida 600-golini urdi

Tolibjon Qosimov
2 may 2019, 02:22
Biroz avval YCHL yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Barselona" jamoasi "Liverpul"ni taslim qildi - 3:0.

Uchrashuvda kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi dubl qayd etdi.

Bu 31 yoshli forvardning "Barselona" tarkibidagi 599 va 600-gollari bo'ldi. Buning uchun Leoga 683ta o'yin etarli bo'ldi.


Messi "Barselona" tarkibidagi birinchi golini roppa-rosa 14 yil oldin 2005 yilning shu sanasida "Albasete" darvozasiga kiritgan edi.


Eslatib o'tamiz, yaqindagina boshqa bir futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu klub miqyosida o'zining 600-golini kiritgandi.

Ronaldu yubiley golini urdi!

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona