Messi "Barselona" safida 400-marotaba maydonga tushdi

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2018, 21:22
"Barselona" Ispaniya chempionatining 18-turida "Levante"ga qarshi o'yin o'tkazdi.

Ushbu uchrashuv "Barsa"ning argentinalik futbolchisi Leo Messi uchun Ispaniya chempionatidagi 400-o'yin bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Messi bungacha o'tkazgan 399ta o'yinida raqiblar darvozasiga 364ta gol kiritib, 141ta golli uzatmani amalga oshirgan.

U maydonga tushgan o'yinda esa kataloniyaliklar 302ta g'alabani qo'lga kiritganlar.

Futbolchi o'yinda hisobni ochishga ham muvaffaq bo'ldi va "Barselona" safida LaLigada 365-golini ham kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca