Messi: “Barcha rekordlarimni Jahon chempioni bo'lishga almashardim”

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2014, 10:47
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempioni bo'lish uchun barcha shaxsiy rekordlaridan voz kechishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
“Men barcha shaxsiy rekordlarimni Jahon chempioni bo'lishga almashardim. “Oltin to'p”dan ko'ra, jahon chempionatidagi g'oliblikni tanlagan bo'lardim. Futbolchi uchun mundial g'olibligi bu eng oliy darajadagi sovrin. Bu mening yoshligimdagi orzuim. Bu orzudan voz kechganimcha yo'q”, - dedi Leo Messi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com