Messi: "Argentinada dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2021, 20:32
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Urugvay ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) jamoa darvozaboni Emiliano Martinesni etirof etdi.

"Martines - bizning asosiy o'yinchimiz. U Amerika Kubogida o'zini ko'rsatdi va ijobiy taassurot qoldirishda davom etmoqda.

Bizda, shubhasiz, dunyoning eng yaxshi darvozabonlardan biri bor va biz bu ustunlikdan foydalanmoqdamiz", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Nación