Messi apellyaciyada yutqazdi va endi soliq to'laydi
“Barselona” klubining argentinalik yulduzi Lionel Messi va uning otasi tomonidan berilgan apellyaciya ijobiy qondirilmadi. Ota-bola 2006 yildan 2009 yilgacha 4,1 million evro miqdoridagi daromadni soliq hodimlaridan yashirib kelishgan.
Ularning sud hukmi yuzasidan bildirgan rasmiy davosi inobatga olinmadi. Endi Messilar xonadoni katta miqdorda jarima to'laydi. Bu haqida Ispaniyaning El Pais nashri xabar tarqatdi.