Messi 7 yilda ilk bor mana shunday yomon natija qayd etdi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2017, 09:45
Barselona hujumchisi Lionel Messi Valensiya bilan o'yinda (1:1) gol ura olmadi.

Shu tariqa, argentinalik futbolchining barcha musobaqalardagi golsiz seriyasi 6ta o'yinga etdi (5ta klub safida va bitta terma jamoada).

So'nggi marta Messi 2010 yil yozida ketma-ket 6ta o'yinda gol urmagandi. O'shanda uning golsiz seriyasi 7ta o'yinni tashkil qilgandi (6tasi terma jamoada va 1ta klubda).

13ta turdan so'ng Messi 12ta gol bilan Ispaniya chempionati to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com