Messi 17-marta FIFA ramziy jamoasidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2024
Kecha FIFA The Best 2023 sovrinini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi yil ramziy terma jamoasiga kiritildi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi faoliyati davomida 17-marta sayyoramizning eng yaxshi 11 nafar futbolchisi ro'yxatiga kirishga muvaffaq bo'ldi. 36 yoshli futbolchi 2007 yildan beri doimiy ravishda FIFA ramziy terma jamoasiga kiritib kelinmoqda.



Eslatib o'tamiz, Messi 2023 yilda "France Football" nashrining "Oltin to'p" sovrinini ham qo'lga kiritdi va bu uning faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ldi. Lionel bu yilda PSJ bilan Fransiya chempioni bo'ldi, Fransiya Superkubogini qo'lga kiritdi va "Inter Mayami"ga klub tarixidagi ilk sovrin – Liga Kubogini olib keldi.

Avvalroq FIFA talqini bo'yicha 2023 yil ramziy terma jamoasi e'lon qilingandi. Unga "Manchester Siti"ning birdaniga 6 nafar futbolchisi kirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FIFPro