Merson: "O'zil o'ynamaydi, chunki yugurmaydi"

Alisher
29 avg 2020, 12:20
Futbol eksperti Pol Merson Mesut O'zilning "Arsenal"dagi vaziyati haqida gapirdi.

"O'zil o'ynamaydi, chunki u yugurmaydi. U haftasiga 350 000 funt sterling topadi - shu muammo. Agar u haftasiga 10 000 topganida edi yugurmasa ham har hafta o'ynagan bo'lardi.

U klubni tark etguniga qadar "Arsenal" qanday qilib yangi o'yinchilarni o'z tarkibiga jalb qilishini tushunmayapman. Agar ular kelasi yozda eng yaxshi o'yinchini tanlashsa, u O'zil olayotgan 350 000 funtga ishora qiladi.

Remzi klubdan ketdi, sababi unga O'zilning maoshiga o'xshash hech narsa taklif qilinmadi, u esa tekinga "Yuventus"ga o'tib ketdi".

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru