Menyanga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
21 apr 2023
“Milan” darvozaboni Mayk Menyan Angliya Premer-ligasi top klublarining radarida turibdi.

Manbaning takidlashicha, 27 yoshli fransiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqmoqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Menyanning o'yinlarini Ugo Lorisga o'rinbosar qidirayotgan “Tottenxem” ham kuzatib bormoqda.

Mayk Meynyanning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Shartnoma muddati tugashiga hali ko'p vaqt bor, ammo "rossonerilar" bitimni uzaytirish haqida o'ylamoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 35 million evroga baholamoqda. Umuman olganda, posbon “Milan” safida 58 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 50 ta gol o'tkazib yuborgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Fichajes