Menyan YCHL 1/8 finalining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
8 fev 2023
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o'yinini o'tkazib yuboradi.

Manbaga ko'ra, darvozabon hali to'liq formada emas va tiklanish martgacha davom etishi mumkin. Klub rahbariyati esa Menyan Londonda bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida maydonga tusha olishiga umid qilmoqda.

Futbolchi oktyabr oyidan beri turli jarohatlar tufayli maydonga tushmayapti. Jarohati tufayli posbon Fransiya terma jamoasi bilan Qatardagi mundialga ham bormadi.

Joriy mavsum 27 yoshli francuz barcha musobaqalarda 9 ta o'yin o'tkazib, ikki bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Tottenxem" uchrashuvi 15 fevralga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport