Mendi Afrika Kubogidagili vaqtida Kepaning o'yinlariga baho berdi

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 18:18
"Chelsi" posboni Eduar Mendi darvozada Kepa Arrisabalaga bilan bo'layotgan raqobat haqida gapirdi.

"Oramizdagi munosabatlar a'lo darajada. Afrika Kubogidaligimda Kepa o'ziga bildirilgan ishonchni to'liqligicha oqladi. To'g'risini aytaman, uning ko'rsatgan o'yinidan xayron bo'lganim yo'q. U rostdan ham ajoyib darvozabon. U maqtovlarga loyiq.

"Chelsi"da har bir nuqta uchun kurash yuqori darajada. Shu sababli o'yinlarda hamma 100 foiz kuch bilan o'ynaydi", - dedi Mendi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football London