Mendesh Ronalduni A Seriyaning ikki klubiga taklif qildi

Eldor Akmurzayev
26 avg 2022, 09:30
Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh portugaliyalik Chempionlar Ligasida qatnashishi uchun turli variantlarni izlamoqda. U mijozini “Milan” hamda “Napoli”ga taklif qildi. Shuningdek, “Sporting” va “Marsel” variantlari ham bor edi, ammo bu xabarlar rad etildi.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli futbolchining “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2023 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio