Mendesh Ronaldu qaysi jamoada faoliyatini yakunlashini aytdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 22:29
"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozi qaysi jamoada faoliyatini yakunlashini aytdi.

"Krishtianu uchun xursandman. "Yuventus" uning so'nggi jamoasi bo'lib qoladi. Ronaldu bu boradagi so'nggi qarorini qabul qilib bo'lgan. Mo'jizakor futbolchining faoliyati Turinda yakuniga etadi", - dedi agent.

Kecha Ronaldu rasman "Real"dan "Yuventus"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia