Mendesh Levandovskining transferiga qadar Ronalduni "Barselona"ga taklif qilgan

Alisher
21 iyul 2022, 18:05
Agent Jorje Mendesh Krishtianu Ronalduning "Barselona"ga o'tish imkoniyatini o'rgangan.

Mendesh Kataloniya klubiga "ko'k-anorranglilar" Robert Levandovskining transferini amalga oshirgunga qadar "Manchester Yunayted"ning 37 yoshli forvardini taklif qilgan.

Portugaliyalik 30% maoshining pasayishiga tayyorligiga qaramay, unga qiziquvchi jamoa yo'q. "Atletiko" ham, "Real" ham uni taklif qilmoqchi emas.

Ronalduning o'zi nafaqat Chempionlar Ligasida o'ynash uchun, balki natijalar uchun o'z zimmasidagi mas'uliyatni olib tashlash uchun ham jamoasini o'zgartirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen