Mendesh Kilian Mbappega qarshi o'yin haqidagi savolga javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024, 16:54
Fransiya hujumchisi Kilian Mbappeni qanday qilib to'xtatish mumkinligini so'rashganida Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh hayron qoldi.

Avvalroq, bu ikki futbolchi PSJ safida birga to'p tepishgan.

"Siz mendan buni bilmoqchimisiz? To'g'risini aytsam, u mening qanotimda harakat qilmaydi. Biroq u maydondagi joyini alishtirishga qaror qilsa, bunga tayyorman.

Men har kuni shunday holatlar uchun mashg'ulotlarda mehnat qilaman. Barchamiz Fransiyaga qarshi o'yinga tayyormiz va raqibning kuchli tomonlarini zararsizlantirib, o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

O'ylashimcha, Mbappeni to'xtatib qolish oson bo'lmaydi (kuladi). Lekin men uni birmuncha bilaman va ushbu vazifani uddalashga harakat qilaman".

Evro-2024 1/4 final doirasidagi Portugaliya va Fransiya to'qnashuvi ertaga tunda (23:59) bo'lib o'tadi va "Championat.asia" saytida matnli translyatsiya qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com